Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kitob do‘konlari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan hududdagi kitob do‘konlari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kitob do‘konlarida aholiga, ayniqsa, yoshlar uchun badiiy, ilmiy-ommabop, ma’rifiy va o‘quv adabiyotlarini yetkazib berish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kitoblar assortimenti, xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4