Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sazagon mahallasidagi archalar holati o‘rganildi

 Fuqarolardan Sazagon mahallasi hududidagi archalarning qurib borayotganligi yuzasidan kelib tushgan murojaat kotibiyat tomonidan nazoratga olindi.

🔎 Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Turayev joyiga chiqqan holda murojaatda ko‘rsatilgan holatni o‘rgandi.

O‘rganish davomida archalarning holati, ularning qurish sabablari hamda hududdagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🌱 Aniqlangan holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda chora ko‘rish, ko‘chatlarni asrab qolish va yashil hududlarni saqlash bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 1