35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida xavfsizlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“Favqulodda vaziyatlar bo‘limida qonunlar ijrosi o‘rganildi”

#162_ta_Qonun
#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Haftalik_ish_reja_19¹_modda-ijrosi
#nazorat_tahlil

“Favqulodda vaziyatlar bo‘limida qonunlar ijrosi o‘rganildi”

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Xomkon saylov okrugidan saylangan deputat, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi U.Yangiboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatga biriktirilgan tashkilot — Qiziriq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari va deputatlarning biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlarini tashkil etish, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish hamda sohalar kesimida mavjud muammolar va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-790-son, 2022-yil 17-avgust hamda “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-195-son, 2008-yil 26-dekabr ijrosi yuzasidan maxsus tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida qonunlarda belgilangan talablarning amaliyotdagi ijrosi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va hududlarni muhofaza qilish hamda qutqaruv xizmatlari faoliyatiga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, qonunlar ijrosi va Qiziriq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati ijobiy baholandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3