35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida renovatsiya masalasi o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Noib ko‘prigi” mahallasida yo‘l asfaltlashtirilmoqda
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Obod mahalla — e’tibor va hamkorlikdan boshlanadi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugi hududida ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Muloqotning asosiy mavzusi — “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilash, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga birgalikda yondashishdan iborat bo‘ldi.

🏘 Suhbat davomida ko‘chaboshilarning taklif va mulohazalari tinglanib, ko‘chalarning ozodaligi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda hududdagi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Shuningdek, ko‘chaboshilar bilan mahalla aholisi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni obodonlashtirish tadbirlariga faol jalb etish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida ko‘tarib chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 2