35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida renovatsiya masalasi o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Noib ko‘prigi” mahallasida yo‘l asfaltlashtirilmoqda
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

 🟢 PF–116-sonli Farmon: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni; 

🟢O‘RQ-415-sonli Qonun: O‘zbekiston Respublikasiavining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni. 

Mahalladagi ijtimoiy xodimning ish samaradorligi va uning "mahalla yettiligi" tarkibidagi faolligini yuqoridagi qonun va
farmon talablari asosida tahlil qilindi:
 

🟢 mahalladagi yolg‘iz keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar va nogironligi bor fuqarolarning ro‘yxatlari, ularga
ko‘rsatilayotgan kunlik ijtimoiy-maishiy yordamlar holati;
 

🟢 ehtiyojmand xonadonlarning sharoitlarini "xonadonbay" muntazam o‘rganib borish, ijtimoiy reyestrlar va daftarlar bilan ishlash sifati; 

🟢"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlik: PF-116-sonli Farmon talablaridan kelib chiqib, ijtimoiy xodimning mahalla raisi, hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli bilan birgalikda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ularga manzilli moddiy hamda ruhiy ko‘mak berish borasidagi integratsiyasi ko‘rib chiqildi. 

📌 Shuningdek mahallada ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish, fuqarolarning mavjud muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1