O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-343 hamda PQ-408-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, aholini qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi aholining ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari soha mutaxassislari va xalq vakillari tomonidan atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida:
✅ Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Otabek Anarov;
✅ Viloyat Kengashi deputati Farxod Umarov;
✅ Shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova;
✅ Shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayevlar ishtirok etishdi.
🔍Natija: Mahalla hududidagi suv tizimidagi nosozliklar va mavjud muammolar joyida tahlil qilinib, tegishli ma’lumotlar rasmiylashtirildi.
📊To‘plangan barcha materiallar va takliflar yakuniy qaror qabul qilish hamda muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tegishli doimiy komissiyasi muhokamasiga yo‘naltirildi.