O‘zLiDeP Farg'ona tuman Kengashi Deputatlik guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-996-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik guruhi tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
🔹 Dastlab Farg‘ona tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati hamda bolalarni himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 Shundan so‘ng tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun yaratilgan ta’lim sharoitlari, ularga ko‘rsatilayotgan pedagogik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari tahlil qilindi.
🔹 O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarning hisobotlarini eshitish uchun deputatlik guruhi tomonidan ularni tegishli doimiy komissiya yig‘ilishlari kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.