35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
"Xavfsiz hudud" konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi
янв.21
Mahalla fuqarolar yig'inida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatning 2026-yilning 6 oylik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi

Deputat nazorati – Mahalla infratuzilmasini yaxshilash yo'lida

Bandixon tumani Bahoriston MFY hududida aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish, ichki yo'llar holatini yaxshilash va transport qatnovini xavfsiz hamda qulay tashkil etish maqsadida Ulug'vorlik ko‘chasida jami 1 kilometr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari uchun tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborildi.

Mazkur loyiha doirasida yo‘llarning texnik holati, asfaltlash hajmi, tayyorgarlik ishlari hamda qurilish jarayonining sifatli tashkil etilishi bo‘yicha joyida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 14-"Bahoriston" saylov okrugidan saylangan deputati Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich hamda tuman Kengashi bosh mutaxassis B.Qurbonovlar hududga chiqib, amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mas'ul tashkilotlar vakillari bilan loyiha ijrosi, yo‘llarning holati va qurilish ishlarini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ta'kidlanganidek, ushbu ko‘chalarning asfaltlanishi mahalla aholisi uchun harakatlanish qulayligini oshirish, transport qatnovini yaxshilash, chang va loy muammolarini kamaytirish, shuningdek, hududning obodonlashuvi va infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholining murojaat va takliflari asosida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari mahallalarda yashash sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Kelgusida ham deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar va loyihalar ijrosi doimiy nazoratda bo‘lib, fuqarolar manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan tashabbuslar izchil davom ettiriladi.

Obod mahalla – farovon hayot, ravon yo‘llar esa taraqqiyot va rivojlanish garovidir.

Slide 1 of 3