✅ Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahallalardagi ko‘cha boshilari faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganilmoqda. Jarayonda hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish hamda fuqarolar murojaatlarini
qanoatlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
✅ Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi Kotibiyati mas’ul xodimlar Sarvarjon Meliqo‘ziyev va Sohibjon Nabiyev mahalliy kengashga 11-Qumariq saylov okrugidan saylangan deputat Xasanboy Mamadaliyev bilan birga “Qumariq” mahalla fuqarolar yig‘ini mahallalaridagi ko‘cha boshilar faoliyati bo‘yicha o‘rganish olib bordilar.
✅ O‘rganishlar jarayonida asosiy e‘tibor qaratilgan yo‘nalishlar: ko‘cha boshining “Obod ko‘cha” mezonlarini joriy etishdagi ishtiroki, ko‘cha va xonadonlarda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni belgilangan joyga tashlash hamda to‘y-marosimlarni ixcham va isrofgarchiliksiz o‘tkazish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga rioya etilishini targ‘ib qilish kabi masalalarga diqqat-markazida bo‘ldi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi