35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Shayxon mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun — huquqiy davlatning mustahkam poydevori
янв.21
Shayxon mahallasida ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun — fuqarolar huquqlarining ishonchli kafolati
янв.21
Shayxon mahallasida ko‘cha boshilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
29-MTTda o‘rganish o‘tkazildi va aniqlangan kamchilik yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun — deputat faoliyatining huquqiy asosi
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Shayxon MFYda o‘rganish o‘tkazildi
Tumanda veterinariya va sanitariya yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I.Bolievning tumanda sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotda chorva mollari va uy hayvonlarini profilaktik emlash, veterinariya-sanitariya tadbirlarini tashkil etish, sun’iy urug‘lantirish ishlari hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan chorva mahsulotlari savdosi ustidan veterinariya nazoratini kuchaytirish, so‘yish punktlarining sanitariya holatini yaxshilash, uy hayvonlarini to‘liq ro‘yxatga olish va majburiy emlash tizimini takomillashtirish, tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan qator vazifalar belgilandi.