35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahar Tibbiyot birlashmasining 2026-yil 6 oylik faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Ekspert-maslahat guruhi yig‘ilishida sessiya masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarni ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti masalasi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
27-maktabdagi suv havzasi holati o‘rganildi
янв.21
Robototexnika muhandislik xonasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
27-sonli maktabda robototexnika muhandislik xonasini tashkil etish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ma’sullar ishtirokida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
1-sonli sport maktabini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
Bolalar maydonchasini ta'mirlash masalasi

#Deputatlik_nazorati
#Kotibiyat_hududlarda


Bolalar maydonchasini ta'mirlash masalasi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan deputatlik nazorati doirasida Qoryog‘di mahallasida infratuzilma va aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyiga chiqib o‘rganildi.

📈 Mahalla aholisi, ayniqsa yosh oilalar tomonidan mavjud bolalar maydonchasini ta'mirlash va zamonaviy o‘yin jihozlari bilan jihozlash bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

📁 Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qarori bilan belgilangan mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda bolalar uchun xavfsiz infratuzilmani yaratish vazifalaridan kelib chiqib o‘rganildi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ham tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish orqali amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

📝 O‘rganish yakunida ko‘tarilgan barcha masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta'minlash maqsadida mas'ul ijro organlariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Anvar Usmanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

Slide 1 of 5