Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotibiyatlar faoliyati tanqidiy muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Kotibiyatlar faoliyati tanqidiy muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar, ijro intizomi hamda deputatlar faoliyatini tashkiliy-uslubiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi dolzarb masalalar muhokama etildi.

📝 Yig‘ilishda Senat qarorlari, amaldagi qonunchilik va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan kotibiyatlar faoliyati batafsil ko‘rib chiqildi. Ayrim hududlarda deputatlar bilan ishlash, hujjatlar ijrosi monitoringi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda deputatlik nazoratini tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy baholanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

📝 Sessiya kun tartibiga kiritilgan har bir masala deputatlar tomonidan sessiyadan oldin o‘z saylov okruglarida ijro organlari vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganilishi, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar kotibiyatga kiritilishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirishda aynan hududdagi o‘rganishlar muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

🔺 Deputatlar hududlarda faoliyat olib borayotganida ishlab chiqilgan "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari" amaliyotidan samarali foydalanish, har bir ko‘cha kesimida mavjud muammolarni qayd etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni foto va boshqa dalillar bilan tasdiqlab borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Bu orqali deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlari ochiq va shaffof tarzda monitoring qilinishi qayd etildi.

⚖️ Muhokamalar davomida doimiy komissiyalar faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida komissiyalar o‘z tashabbusi bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar ijrosi, ularning amaliy natijalari va tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lishi shartligi ta’kidlandi. Shuningdek, har bir doimiy komissiya o‘ziga biriktirilgan qonunlar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borishi, natijalari bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishi lozimligi qayd etildi.

🤝 Deputatlar tomonidan biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish, deputatlik tashabbuslarini amaliy natijaga yo‘naltirish hamda namunaviy doimiy komissiya qarorlari asosida ishlarni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

📊 Yig‘ilishda kotibiyat xodimlarining hududlardagi amaliy faoliyati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Har bir xodimning deputatlar bilan ishlashdagi ishtiroki, saylov okruglariga chiqishlari, o‘rganishlarda qatnashishi va ko‘rsatayotgan tashkiliy yordami aniq faktlar asosida baholanishi, jumladan, bir kun davomida kotibiyat xodimi deputatning saylov okruglarida olib borayotgan ishlarida ishtirok etganini tasdiqlovchi dalillar shakllantirilishi lozimligi belgilandi.

📉 Shuningdek, tuman Kengashlarining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, deputatlar faoliyatining yoritilishi, e’lon qilinayotgan materiallarning sifati va soni, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan monitoring tahlillari muhokama qilindi. Mas’ullarga axborot siyosatini kuchaytirish, deputatlar faoliyatini tezkor va sifatli yoritish hamda aholiga ochiq axborot yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

🗣 Yig‘ilish yakunida Davronbek Ravshanbekov tomonidan mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, deputatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, hujjatlar ijrosi va deputatlik nazoratini qat’iy tizim asosida tashkil etish, hududlardagi muammolarni manzilli hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar natijadorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4