35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahar Tibbiyot birlashmasining 2026-yil 6 oylik faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Ekspert-maslahat guruhi yig‘ilishida sessiya masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarni ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti masalasi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
27-maktabdagi suv havzasi holati o‘rganildi
янв.21
Robototexnika muhandislik xonasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
27-sonli maktabda robototexnika muhandislik xonasini tashkil etish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ma’sullar ishtirokida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
1-sonli sport maktabini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova Nurobod mahallasida bo‘lib, mahalladagi xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalar muammolarini hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar yuzasidan olib borilayotgan faoliyat ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, manzilli yordam ko‘rsatish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. O‘rganish yakunida mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, aholi bilan muloqot samaradorligini oshirish hamda har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish muhimligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4