35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahar Tibbiyot birlashmasining 2026-yil 6 oylik faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Ekspert-maslahat guruhi yig‘ilishida sessiya masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarni ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti masalasi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
27-maktabdagi suv havzasi holati o‘rganildi
янв.21
Robototexnika muhandislik xonasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
27-sonli maktabda robototexnika muhandislik xonasini tashkil etish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ma’sullar ishtirokida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
1-sonli sport maktabini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
#qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#yoshlar_maslahat_guruhi
#doimiy_komissiya
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar

Madaniyat markaziga ajratilgan budjet mablag‘lari o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi Madaniyat markaziga cholg‘u asboblarini xarid qilish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanganlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xarid qilingan cholg‘u asboblarining mavjudligi, ulardan foydalanish samaradorligi, to‘garaklar faoliyatida qo‘llanilishi hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Madaniyat va san’at yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida amalga oshirilayotgan bunday ishlar hudud ma’naviy hayotini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining mahalliy budjet komissiyasi hamda hududdan saylangan deputat S. Xamrayev tomonidan nazoratga olinib, komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash vazifalari bosh mutaxassis Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 1