Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya qarori loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida deputatlar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Fuqaro murojaati yuzasidan amaliy yordam masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Shaldiramoq" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
Хalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati tomonidan mahallalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Azizov tomonidan saylov okrugidagi mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mahallalarda xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash va uy-joylarini ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, "Miliksoz" mahallasining Baraka ko‘chasi 42-uyda istiqomat qiluvchi Karimova Yulduzxon hamda "Saxovat" mahallasining B. Marg‘iloniy ko‘chasi 69/19-uyda yashovchi Meliboyeva Mamuraxon xonadonlarida o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlari holati, ajratilgan yordamning manzilliligi va amalga oshirilayotgan ishlarning sifati yuzasidan tahlillar olib borildi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda uy-joylarni ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishlar aholini ijtimoiy himoya qilish, xotin-qizlarning turmush sharoitini yaxshilash hamda davlat tomonidan ajratilayotgan yordamlarning manzilli va samarali amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6