📅 "Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi Qonun O‘RQ-415 | 2016-yil 26-dekabr
Mazkur Qonun keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta'minlaydi.
🟢 Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari hududda ijtimoiy xizmatlar sifati va qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashadi.
⚖️ Qonunni bilish — ijtimoiy himoyadan samarali foydalanishning muhim kafolatidir.