Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya qarori loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida deputatlar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Fuqaro murojaati yuzasidan amaliy yordam masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Shaldiramoq" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan shakllangan mablag‘larni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish, "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Shovot tumani bo‘limi rahbarining mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan hisoboti hamda "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, hududlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalarini Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 3