Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya qarori loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida deputatlar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Fuqaro murojaati yuzasidan amaliy yordam masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Shaldiramoq" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
🏛 Deputatlik nazorati amalda!

📍 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-martdagi 145-son qarori — *“Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi qaror ijrosi doirasida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi "Adolat" SDP deputati D.Shadanova, "Adolat" SDP Shovot tumani Kengashi raisi M.Abdiyazova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov bilan birgalikda deputatlik okrugidagi Eshonqal’a mahallasida bo‘ldi.
👩‍💼 Tashrif davomida mahalladagi ayollar faoli tomonidan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda oilalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.
🤝 Muloqot davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini tizimli hal etish hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3