Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya qarori loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida deputatlar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Fuqaro murojaati yuzasidan amaliy yordam masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Shaldiramoq" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
“Yurakka yo‘l” aksiyasi – mehr va e’tibor ifodasi

  Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Zarifaxon Mahkamova, Nasibaxon Imomaliyeva, Oribjon Tupayev va O‘zLiDeP tuman kengashi apparat rahbari Dilfuzaxon Nishonova hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, mehnat jamoasi faollari bilan muloqot o‘tkazdilar. 

Uchrashuv davomida inson qadrini ulug‘lash, mehnatkashlarni rag‘batlantirish va jamoatchilik faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. 

Aksiya doirasida mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishib kelayotgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan mehnat jamoasi faollarining
jamiyat hayotidagi munosib hissalari e’tirof etilib, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
 

🔹 “Yurakka yo‘l” aksiyasi ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhit yaratishga, ezgu tashabbuslar, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1