Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o'z saylov okrugi xududiga qarashli "Gʻalchasoy" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov ishtirok etishdi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, hududda aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni hal etish, obodonlashtirish ishlari hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahallada fuqarolar bilan ishlash tizimi, "mahalla yettiligi" hamkorligida olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish hamda mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3