Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
“SAXOVAT” MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA QONUN IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI

Mazkur o‘rganish Qonunlar taqsimoti doirasida tuzilgan savolnomalar asosida deputatlar va doimiy komissiyalar tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari doirasida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordami ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–415, 2016-yil 26-dekabr) talablari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan:

keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlash;

ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish;
kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lashning qonuniyligi;

ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil o‘rganish olib borildi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud holat, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligi hamda sohada uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, qonun hujjatlari ijrosini joyiga chiqib o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar sifatini baholash hamda aholining ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday o‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi hamda kelgusida Kengashning doimiy komissiyalari yig‘ilishlari va sessiyalarida muhokama qilinishi belgilandi.

Slide 1 of 2