Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya qarori loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida deputatlar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Fuqaro murojaati yuzasidan amaliy yordam masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Shaldiramoq" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
🌟 Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X. Jumaboyev “Qo‘shtamg‘ali” mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi.

🤝 Shuningdek, yoshlar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi hamda mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.
✅ Yoshlarning bandligi, ta’lim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 3