Qumqo‘rg‘on tumanining Yuksalish mahallasida aholi birdamligi va hamjihatligi samarasida tashabbusli budjet loyihasining 2026-yil 1-mavsumida mahalla fuqarolarining faol ishtiroki, tashabbuskorligi hamda yuqori ovoz to‘plashi natijasida 1 ta loyiha g‘olib deb topilib, ularni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar ajratildi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan mahallada bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Xususan, uzoq yillardan buyon ta’mirtalab holatda bo‘lgan ichki ko‘chalarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, jami 3 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqiziladi. Natijada mahalla aholisining kundalik harakati uchun qulayliklar yaratilib, transport qatnovi sezilarli darajada yaxshilanadi.
Amalga oshirilgan ishlar nafaqat yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga, balki mahalla hududining obod qiyofasini shakllantirishga, fuqarolarning turmush sifatini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Eng muhimi, ushbu natijalar tashabbusli budjet tizimining samaradorligini, aholining o‘z hududini rivojlantirishdagi faol ishtiroki muhim ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
Bugungi kunda Yuksalish mahallasida yaratilgan qulayliklardan yuzlab xonadonlar foydalanmoqda. Mahalla ahli amalga oshirilgan ishlardan mamnun bo‘lib, tashabbusli budjet loyihalari orqali hududda yana bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish niyatida.