Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya qarori loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida deputatlar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Fuqaro murojaati yuzasidan amaliy yordam masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Shaldiramoq" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Orolbo‘yi mahallasi Iqbol ko‘chasidagi ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Mamadaliyev ishtirokida hududda nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirdi.

O‘rganish davomida eskirgan ichimlik suvi quvurida nosozlik yuzaga kelgani va buning oqibatida toza ichimlik suvi sizib chiqayotgani aniqlandi.
Mazkur muammoni tezkor bartaraf etish maqsadida “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Marg‘ilon shahar bo‘limi mutaxassisi A.Muqimjonov boshchiligidagi ishchi guruh jalb etildi. Mutaxassislar tomonidan zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ichimlik suvi sizib chiqishi bilan bog‘liq nosozlik bartaraf etildi va suv ta’minotining barqaror ishlashi tiklandi.

Shu bilan birga, o‘rganishlar davomida mazkur hududdagi suv tarmog‘i uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgani va quvurlarning jismonan eskirgani sababli ularni bosqichma-bosqich yangilash zarurati mavjudligi qayd etildi. Ushbu holat 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonovaning deputatning ko‘cha aylanish daftariga kiritildi.

Aniqlangan muammoni tizimli hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi, eskirgan ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash masalasini ijobiy hal etish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish va ularning tizimli yechimini ta’minlash xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7