Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya qarori loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida deputatlar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Fuqaro murojaati yuzasidan amaliy yordam masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Shaldiramoq" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov, K.Mamanova tomonidan “Paxtakor” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Dning xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2026-yil 16-iyundagi VII-28-90-3-52-K/26-sonli qarori asosida Tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida deputatlar ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan reja asosida olib borilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi bilan tanishdilar. Shuningdek, xonadon egasi bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud ehtiyoj va takliflar tinglandi.

Deputatlar bunday ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik nazoratini davom ettirishlarini ta’kidladilar.

Slide 1 of 3