Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi madaniyat markazi faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Madaniyat sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, amaliy yordam masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahallada videokuzatuv tizimini rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan "Gulobod" mahallasiga tashrif buyurilib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mahallada yettilik tomonidan aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududda osoyishtalikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yettilik a'zolari bilan o‘tkazilgan muloqotda mahalladagi mavjud muammolar, ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarning murojaatlari bilan manzilli ishlash, "mahallabay" tizimi asosida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5