Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga taklif etilayotgan masalalar e’lon qilinmoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Biriktirilgan tashkilot faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Biriktirilgan tashkilot faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish doirasida Termiz tumani Fermerlar kengashi faoliyati Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi va ijro intizomi yuzasidan tahlillar olib borildi. Shuningdek, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizimni takomillashtirish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

Bunday o‘rganishlar tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5