Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga taklif etilayotgan masalalar e’lon qilinmoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ilhom Karabayev tashabbusi bilan 49479-harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan yosh askarlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik, yuksak ma'naviyat, fidoyilik va mas'uliyat tuyg'ularini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'z yuritildi. Shuningdek, harbiy xizmatning sharafli va mas'uliyatli burch ekani, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishning ulug' qadriyat ekani alohida ta'kidlandi.

Ochiq muloqot ruhida o'tgan davra suhbatida yosh askarlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Bunday ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, xalq va davlat oldidagi mas'uliyat hissini yanada mustahkamlash, ularni yurt ravnaqi yo'lida fidokorona xizmat qilish ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3