Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi madaniyat markazi faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Madaniyat sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, amaliy yordam masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahallada videokuzatuv tizimini rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
JOYIGA CHIQQAN HOLDA MUROJAAT O‘RGANILDI.

JOYIGA CHIQQAN HOLDA MUROJAAT O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Jamshid Raximqulov tomonidan 1-Guliston saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Murojaatda fuqaro parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit olish istagini bildirgan.Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan mahalla hokim yordamchisi Azamat Sho‘to‘rayev bilan hamkorlikda fuqaro yashash manziliga borilib, uning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroga imtiyozli kredit ajratishning amaldagi tartiblari, mavjud imkoniyatlar yuzasidan kotibiyat mudiri tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaat yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechim topishga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1