Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 17-Navro‘z saylov okrugi deputati M.Mirzayev hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ–406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiobod mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, hududdagi infratuzilma, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar hamda aholi turmush sharoitiga oid muammolar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar deputatlik faoliyatida ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputatning “Ko‘cha aylanish daftari”ga kiritildi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ularning ijrosini nazorat qilish hamda aholi murojaatlariga amaliy yechim topish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 4