Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi H.Pardayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-son Qonuni ijrosi doirasida shahardagi chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida chiqindilarni to‘plash, tashish, vaqtida olib chiqib ketish hamda sanitariya-epidemiologik holatga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan: 

chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va tashish jarayonlari;
➡️ hududlarda sanitariya holatining saqlanishi;
➡️ chiqindi to‘plash nuqtalarining holati;
➡️ maxsus texnika bilan ta’minlanganlik darajasi;
➡️ fuqarolarning ekologik talablarga rioya etishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mas’ullar bilan muhokama o‘tkazilib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarni toza saqlash hamda
Qonun talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda aholi uchun toza
va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5