Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi

Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi

✅ Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov, kotibiyat xodimlari, tuman Kengashi deputatlari Chorchinor mahallasidan saylangan deputat K.Haydarovlar birgalikda Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” tarkibidagi mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida mazkur mutasaddilarning aholi murojaatlari bilan ishlash, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning muammolarini hal etish borasida amalga oshirayotgan ishlari tahlil qilindi.

✅ Shuningdek, yuritilayotgan hujjatlar, amalga oshirilgan ishlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

✅ Fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda “mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bu yo‘nalishdagi o‘rganishlar muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 5