Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Deputat va shifokor

👩‍⚕️ Deputat va shifokor: G.Keldibekova aholi salomatligi muhofazasida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati hamda Oila shifokorlik punkti (OSHP) mudirasi G.Keldibekova o‘z faoliyati davomida nafaqat xalq vakili sifatida, balki fidoyi shifokor o‘laroq ham aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

G.Keldibekova o‘ziga biriktirilgan hududda aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va tibbiy madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Uning rahbarligidagi tibbiy muassasada fuqarolarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, profilaktik ko‘riklarni yuqori saviyada tashkil etish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birga, deputatlik faoliyati doirasida ham saylovchilarning ijtimoiy va tibbiy muammolarini hal etish, hududdagi tibbiyot maskanlarining shart-sharoitlarini yaxshilash borasida faol tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.

 

Slide 1 of 3