Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Mahalla soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 10-“Sirdaryo” saylovokrugi deputati O‘zMTDP a’zosi S.Ergasheva kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan birgalikda “Sirdaryo” mahallasidagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi. Soliq xodimi mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashishdan iborat vazifalar yuklatilgan. Sirdaryo mahallasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi 28 ta yuridik shaxslar va 36 ta YaTTlar faoliyat yuritadi. Shundan 10 tasi hunarmandchilik sohasi va 26 tasi boshqa sohalar bo‘yicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mazkur mahalla bo‘yicha bir yilga 1843,0 mln.so‘m soliq tushumi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 690,0 mln.so‘mi tushumi ta’minlandi. O‘rganish davomida “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda yaqindan hamkorlik qilish va mahalla byudjetiga tushumlarni ko‘paytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2