Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Mashad mahallasida qonun ijrosi va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati N.Akbarova tomonidan Mashad mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida deputatga biriktirilgan O‘RQ–350-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, qonun talablarining bajarilish holati o‘rganildi. Shuningdek, qonun ijrosini ta’minlash borasida mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, mahalla xotin-qizlar faoli X.Xolboyeva tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish hamda ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi ham o‘rganildi.

Oʻrganishda xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarga e'tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini samarali ta’minlash hamda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4