Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Bank xizmatlari sifati va qonun ijrosi o‘rganildi

Bank xizmatlari sifati va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.Umirov o‘ziga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish bo‘yicha tayyorlangan savolnoma asosida tuman Kengashi deputati E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov bilan birgalikda tumandagi Mikrokreditbank filialida bo‘ldi.

O‘rganish davomida bank tomonidan aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda xotin-qizlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kredit ajratish amaliyoti, bank xizmatlarining sifati va qulayligi hamda qonun talablarining amaliy ijrosi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarning kredit mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bank xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputatlar tomonidan qonun ijrosi holati yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirilib, aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari samaradorligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda kredit ajratish jarayonlarining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5