Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati I.Qurbonov tomonidan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-117-son, 2007-yil 2-oktabr) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi DM hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasining yo‘l bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, ulardan foydalanish hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan qonunning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar hamda mas’ul tashkilotlarning vakolatlari yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berildi. Qonun talablarining ijrosini ta’minlash, yo‘l xo‘jaligi obyektlarini saqlash va aholiga qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4