Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

👥Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 16-Qo‘shchinor saylov okrugi deputati F.Sarimsaqov hududiga qarashli Qashqarmakey mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov, Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, mahallada 22 nafar fuqaroga jami 508 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan. Shuningdek, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolardan 53 nafari doimiy ish bilan ta’minlanib, ularning barqaror daromad manbalarini shakllantirishga ko‘maklashilgani ma’lum qilindi.

👩‍💼 Shu bilan birga, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ham o‘rganildi. Mazkur bosqichda jami 115 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olinib, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy, tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatishga ehtiyojlari tahlil qilindi. Hozirga qadar 34 nafar xotin-qizga turli ko‘rinishdagi amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.

📝 O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglanib, faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6