Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
MAHALLADA QONUN HUJJATLARI IJROSI O‘RGANILDI

 MAHALLADA QONUN HUJJATLARI IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha”
doimiy komissiyasi raisi B.Abduraximov hamda komissiya a’zosi, deputat
B.Sharipov tomonidan M.Xasanov mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari
olib borildi.


O‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” tomonidan O‘zbekiston Respublikasining
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” O‘RQ-350-son
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi
PF-209-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2024-yil 18-maydagi 292-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash
borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Xususan, mahallada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni
qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, muammoli oilalar bilan manzilli
ishlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar
hamda “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi holati o‘rganildi.


Shuningdek, hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan
yuritilayotgan hujjatlar, elektron platformalarga kiritilayotgan ma’lumotlar va
aholi murojaatlari bilan ishlash amaliyoti ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini mustahkamlash
bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


Aniqlangan kamchiliklar hududdan saylangan deputat B.Sharipov tomonidan
“Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, bartaraf etish masalalari
nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 8