Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
#162_ta_qonun 📌 Turizm sohasidagi qonunchilik ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Soliyeva Vasila Ismoilovnaga O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–549, 2019-yil 18-iyul) ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish vazifasi biriktirilgan.
Mazkur qonun turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish hamda sayyohlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishga qaratilgan.

📝 Deputat tomonidan qonun va ushbu sohaga oid Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib boriladi. Shuningdek, turizm sohasiga mas’ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilinib, qonunchilik talablarining amalda qo‘llanilishi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshiriladi.

🔍 Qonun ijrosi doirasida turizm obyektlari faoliyati, turistik xizmatlar sifati, hududning turizm salohiyatidan foydalanish darajasi hamda sohaga oid dastur va loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan o‘rganishlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

✅ Turizm sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan samarali nazorat o‘rnatilishi hududning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1