Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
#Ekspert_guruh Kengash huzuridagi Ekspert guruhi qanday shakllantiriladi?

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi Kengash faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashuvchi jamoatchilik asosidagi maslahat organi hisoblanadi.

Ekspert guruhi tarkibiga deputatlar, Kengash kotibiyati xodimlari, faxriy deputatlar, ilmiy va ta’lim muassasalari mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari kiritilishi mumkin.

🔹 Ekspert guruhi rais, rais o‘rinbosari, kotib va a’zolardan iborat bo‘ladi;

🔹 Tarkibi har yili xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;

🔹 Guruh faoliyati ish rejasi asosida yo‘lga qo‘yilib, majlislar kamida oyiga bir marta o‘tkaziladi;

🔹 Qabul qilingan xulosalar tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, Kengash faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi;

🔹 Ekspert guruhi a’zolari Kengash sessiyalari, doimiy komissiyalar majlislari va boshqa tadbirlarda ishtirok etib, taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqadi.

Ekspert guruhi faoliyati Kengash ishining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1