Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
#deputat_sorovi #111_ds_369_26 📌 Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Samo Nizomovich Abdug‘aniyev tomonidan Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Shoniyazovaga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida hududda kreativ iqtisodiyot sohasidagi dasturlarni ishlab chiqish hamda ularni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tasdig‘iga kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Shuningdek, kreativ industriya yo‘nalishlarini rivojlantirish, innovatsion va intellektual faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hududning kreativ iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi va chora-tadbirlar rejasi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talabi ilgari surilgan.

📍 Deputat so‘rovida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan:
✅ Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha hududiy dastur ishlab chiqilishi;
✅ Kreativ industriya subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;
✅ Innovatsion va intellektual faoliyatni rivojlantirish;
✅ Yoshlar va tadbirkorlarning ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirish;
✅ Yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiyalarni jalb etish;
✅ Kreativ iqtisodiyot sohasida qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash.

📌 Mazkur masalaning ijrosi hamda natijadorligi deputatlik va jamoatchilik nazoratida bo‘ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1