Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
#ish_reja_ijrosi 🌱 Hududiy dastur ijrosi amalda: yangi imkoniyatlar

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat A.Rabbimov tumanning Humo mahallasida tuamning 2026-yil hududiy dasturiga kiritilgan “Zarbdor tajribasi” asosidagi drayver loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish davomida aholi foydalanishiga berilgan 18,9 gektar sug‘orish tizimi murakkab bo‘lgan yer maydonlarini suv bilan ta’minlash maqsadida tik quduq qazish, sug‘orish tarmoqlarini yaxshilash, ariqlarni betonlashtirish hamda daromadli ekinlar yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha foydalanilmayotgan yoki suv ta’minoti cheklangan yerlarni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish, aholi bandligini ta’minlash va xonadonlar daromadini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday loyihalarning borishi va natijadorligi deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4