Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌾 Sherobod tumani g‘allakorlariga tabrik!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi nomidan tumanimizning barcha mehnatkash fermerlari, g‘allakorlari, mexanizatorlari va o‘rim-yig‘im mavsumida fidokorona xizmat qilgan barcha yurtdoshlarimizni ulkan yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sherobod tumani joriy yilgi g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumida viloyatda birinchilardan bo‘lib davlatga don topshirish bo‘yicha shartnoma rejasini 103 foizga bajargani barchamiz uchun g‘urur va iftixor manbaidir.

Bu natija yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, zamonaviy agrotexnologiyalarni samarali qo‘llash hamda eng muhimi, dehqon va fermerlarimizning mashaqqatli mehnati samarasidir.

Tumandagi barcha g‘allakorlarimizga mustahkam sog‘liq, xonadonlariga fayzu baraka, kelgusi ishlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz. Sherobod dehqonlarining mehnatsevarligi va fidoyiligi bundan buyon ham yangi marralarni zabt etishiga ishonamiz.

🌾 Yutuqlaringiz bardavom, hosilingiz yanada mo‘l bo‘lsin!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi

Slide 1 of 3