Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Zafarbek Davlatov Pastom mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlanib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga psixologik yordam, kredit va subsidiya ajratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, mahallada xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik holatlari qayd etilmagani ijobiy natija sifatida ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi va xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.