Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari va hududlardagi muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan mahallalarda muntazam o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar davomida Andijon shahar “Hamkorlik” MFY hududidagi eski Osh ko‘chasida ariqdan qazib chiqarilgan chiqindilar uzoq vaqt davomida olib chiqib ketilmaganligi aniqlandi.

Natijada mazkur hududda loy va tuproq uyumlari hosil bo‘lib, atrof-muhitning ifloslanishi hamda ekologik vaziyatning yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat mahalla aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Mazkur muammoni zudlik bilan bartaraf etish va hududni obodonlashtirish choralarini ko‘rish maqsadida Andijon shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.

Muammo ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2