Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi madaniyat markazi faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Madaniyat sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, amaliy yordam masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahallada videokuzatuv tizimini rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
ANDIJON SHAHAR “BOBOSADIN” MFY: YECHIM KUTAYOTGAN YO‘L MUAMMOSI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati tomonidan “Bobosadin” mahalla fuqarolar yig‘ini, Obi-xayot ko‘chasida yashovchi fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu hududda aholi soni yildan-yilga ortib bormoqda, biroq ichki ko‘chalarning asfalt qoplamasi bugungi talab darajasiga javob bermaydi.

Natijada:
- yomg‘irli mavsumda ko‘chalar loyga aylanib, harakatlanish qiyinlashmoqda
- yoz oylarida esa kuchli chang ko‘tarilib, aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda
- eng achinarlisi, mazkur ko‘cha 1989 yildan buyon kapital ta’mir ko‘rmagan.

Bu holat nafaqat infratuzilma masalasi, balki aholining kundalik hayoti sifati va xavfsizligiga bevosita ta’sir qilayotgan dolzarb muammo sifatida baholanmoqda.

Shu munosabat bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalariga asosan, Andijon shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda ushbu muammoni qisqa muddatda bartaraf etish, zarur amaliy choralarni ko‘rish hamda natijasi yuzasidan 10 kun muddatda Kengash kotibiyatiga aniq ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Ta’kidlanadiki, deputat so‘roviga beparvolik bilan qarash yoki asossiz kechiktirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Endi masala oddiy emas: bu — aholining hayot sifati, qulayligi va xavfsizligi masalasidir. Kutilmoqda: tezkor reja, aniq muddat va amaliy natija.

Slide 1 of 2