Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Lochin mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Lochin mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Erkin Navro‘zov hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy shahrining Lochin mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, bandlik, infratuzilmani yaxshilash hamda kundalik hayotda uchrayotgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi.

Fuqarolarning har bir murojaati atroflicha tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. O‘rganish va qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabul jarayonida aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, fuqarolar qabullari aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, shuningdek, xalq bilan muloqotni kuchaytirishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi.
Mazkur qabul davomida bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 3