Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
28-UMUMTA’LIM MAKTABINING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati T.Rahimov hamda O‘rtaboz mahallasi raisi bilan hamkorlikda tumandagi O‘rtaboz mahallasida joylashgan 28-umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

📍O‘rganish jarayonida maktab binosining joriy holati, sinf xonalarining yangi o‘quv yiliga tayyorligi, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalarining jihozlanganlik darajasi, ichki va tashqi ta’mirlash ishlari, sanitariya-gigiyena holati, issiqlik, elektr energiyasi hamda ichimlik suvi ta’minoti masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

✍️Shuningdek, ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi, o‘quvchilar uchun xavfsiz va zamonaviy sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌀Maktab ma’muriyati bilan o‘tkazilgan muloqot davomida yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, sinf xonalarini zarur o‘quv qurollari va inventarlar bilan ta’minlash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔂Bundan tashqari, maktab hududidagi mavjud muammolar va kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

✅Deputat T.Rahimov tomonidan yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun ta’lim muassasalarida zamonaviy va qulay shart-sharoitlarni yaratish, maktablarni yangi o‘quv yiliga har tomonlama tayyorlash muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3