Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_masala #DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 36-Katta Vaxshivor saylov okrugidan saylangan deputat A.Oripov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Narmuratov, O‘zXDP tuman kengashi raisi O.Avazov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirokida “To‘xtamish” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, obodonlashtirish va profilaktika yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz

Slide 1 of 7